Shrift hajmi
Tizim rangi

O‘zbekiston tumanida ravon yo‘llar masofasi, ko‘rkam ko‘chalar soni kun sayin ortib bormoqda

O‘zbekiston tumanida jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarning amalga oshirilishi natijasida hududlardagi muammolar birin-ketin hal etilmoqda.

«Oxta Tagob» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ham ayni loyihaning joriy yilgi
1-mavsumida ichki yo‘llarni ta’mirlashga oid taklifni ilgari surishdi. To‘plangan 5 mingtadan ziyod ovoz natijasidagi
g‘oliblik va yo‘naltirilgan   1 mlrd 200 million so‘m mablag‘ evaziga hududdagi 3 ming metrdan ziyod yo‘llar ta’mirlanib, ravon holatga keltirildi.

Pudratchi tashkilot-“Qo‘qon yo‘l ta’mir” MCHJ yo‘lsozlari tomonidan bajarilgan amaliy tadbirlar samarasida mahalladagi qishda loy, yozda esa chang ko‘chalardagi qatnov bilan bog‘liq aholining dardu-tashvishlari aridi.

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy jarayonlar, dasturlar ijrosi va bunyodkorlik ishlari ayni kunlarda tuman  mahallalarida qizg‘in davom etmoqda.