Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
Ekran o'lchami:
Matn o'lchami:
Fargʻona viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi rahbariyati Yaponiyaning “CTI Enjenering International Co.Ltd” kompaniyasining transportni rivojlantirish boʻlimi bosh menejeri Okazaki Akio hamda muhandisi Sawada Kentaro, “Almec” korporatsiyasi mutaxassisi Nobuko Shimomura ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Fargʻona viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda Fargʻona viloyatidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻllari va imkoniyatlar, yoʻl va koʻpriklar qurilishida sifat koʻrsatkichiga erishish, xalqaro andoza va me'yorlarni sohaga keng tatbiq etish, xususiy-sheriklik asosida ish olib borish yoʻnalishlarida fikrlar almashildi. Avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha Yaponiyalik delegasiya a'zolari tomonidan viloyadagi 2 ta avtomobil yoʻllarini, jumladan, A-376 "Qoʻqon-Jizzax" avtomobil yoʻli 0 – 45-km qismi hamda D089 "Fargʻona sh. – Quvasoy sh. – Qirgʻiziston Respublikasi chegarasi" avtomobil yoʻli 6 – 25 km qismlarini sementobeton qoplamaga o‘tkazgan holda qayta qurish bo‘yicha takliflar bildirildi. Avtomobil yo‘llarining bugungi kundagi holatini o‘rganish va loyiha qidiruv ishlarini amalga oshirish ishlari 2025 yil sentyabr oyiga qadar tugallanishi rejalashtirildi.
Ushbu avtomobil yoʻllari haqida ma'lumot:
1) A-376 "Qoʻqon-Jizzax" avtomobil yoʻlining 0 – 45 km (45 km) qismi
Ushbu yoʻl 1976-yilda qurilgan boʻlib, II-toifali asfaltobeton qoplamali yoʻl hisoblanadi. 1983-1984 yillarda tuman markazidan oʻtgan ayrim qismlari kengaytirilgan. Xozirgi kunda avtomobil yoʻli ta'mirtalab xolatda. Yoʻlning kengligi oʻrtacha 11 metr. Avtomobil yoʻlida 4 dona koʻprik va 2 dona aylanma harakat mavjud. Ushbu yoʻlda kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirilmagan. II-toifali avtomobil yoʻllarida meyor boʻyicha xarakat jadalligi sutkasiga 6000-14000 gacha boʻlib, amalda ushbu avtomobil yoʻlida 22 500 ta avto/sutkani tashkil qiladi.
Ushbu avtomobil yoʻli Farg‘ona vodiysini Tojikiston Respublikasi bilan bog‘lovchi asosiy avtomobil yo‘li hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu avtomobil yo‘lidan foydalanuvchi ogʻir va katta hajmli yuk avtomobillari hamda engil avtomobillar soni koʻpayganligi natijasida tirbandliklar hosil boʻlmoqda.
Bundan tashqari avtomobil yoʻli torligi, tirbandligi hisobiga qarama-qarshi yoʻnalishga transport vositalari koʻp chiqish natijasida ogʻir oqibatli yoʻl transport hodisalari yuzaga kelmoqda. Ushbu yoʻlda transport hodisalarini oldini olish uchun avtomobil yoʻlini kengaytirish hamda yoʻl oʻrtasiga 1-guruh toʻsiqlarini oʻrnatish, yoʻl chetiga piyodalar va velosiped yoʻlaklarini tashkil etish maqsadga muvofiq boʻladi.
2) D089 "Fargʻona sh. – Quvasoy sh. – Qirgʻiziston Respublikasi chegarasi" avtomobil yoʻlining 6 – 25 km (19 km) qismi.
Ushbu yoʻl 1950 – 1955-yillar davomida qurilgan boʻlib, 9 km qismi I-toifali, 10 km qismi II-toifali avtomobil yoʻli hisoblanadi. Yoʻlning kengligi oʻrtacha 14 metrni tashkil etadi. Avtomobil yoʻlida 7 dona koʻprik va 1 dona aylanma harakat mavjud. Bugungi kunda harakat jadalligi 35000 avto/sutkani tashkil qiladi.
Ushbu avtomobil yoʻli Farg‘ona vodiysini Qirg‘iziston Respublikasi bilan bog‘lovchi asosiy avtomobil yo‘li hisoblanadi.
Avtomobil yoʻli orqali Qirgʻiziston Respublikasi hududidan koʻmir va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (asosan kartoshka) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadi, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan esa Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan shifer, sement va shunga oʻhshash sanoat mahsulotlari eksport qilinadi.
Ushbu yoʻlda bir sutkada 35301 dona avtomobilllar harakatlanadi. Ularning 81 foizi engil avtomobillar, 10,4 foizi yuk avtomobillari, 1,8 foizi tirkamalar, 1,6 foizi traktorlar, 5,2 foizi boshqa turdagi transport vositalari hisoblanadi.
Bugungi kunda avtomobil yo‘lidan foydalanuvchi ogʻir va katta hajmli yuk avtomobillari hamda engil avtomobillar soni koʻpayganligi natijasida tirbandliklar hosil boʻlmoqda va yo‘l transport hodisalari soni ortib bormoqda.
Avtomoibl yo‘lini jahon andozalari talablariga mosmoslashtirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash uchun kengaytirish hamda yoʻl oʻrtasiga 1-guruh toʻsiqlarini oʻrnatish, yoʻl chetiga piyodalar va velosiped yoʻlaklarini tashkil etish maqsadga muvofiq boʻladi
Ushbu avtomobil yoʻli orqali Qirgʻiziston Respublikasi hududidan koʻmir mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (asosan kartoshka) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadi, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan esa Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan shifer, sement va shunga oʻhshash sanoat mahsulotlari eksport qilinadi. Ushbu yoʻlda bir sutkada 35301 dona avtomobilllar harakatlanadi. Ushbu avtomobillarning 81 foizi engil avtomobillar, 10,4 foizi yuk avtomobillari, 1,8 foizi tirkamalar, 1,6 foizi traktorlar, 5,2 foizi boshqa turdagi transport vositalari hisoblanadi.