Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
Ekran o'lchami:
Matn o'lchami:
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rahbari ishtirokida “Rahbar va yoshlar”, “Rahbar va yosh xodimlar” kabi uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizda yoshlarni barkamol avlod sifatida tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari orqali bugun mutasaddilar yoshlar bilan bir safda, bir davrada ularning tashabbus va takliflariga quloq tutib, muammolarini hal etmoqdalar. Xususan, Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rahbari A. Izzatullaev ishtirokida joriy yil davomida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar”, “Rahbar va yosh xodimlar” kabi ochiq muloqotlarining mohiyati ham yoshlar bilan samimiy suhbatlashish, ular ichki dunyosiga nazar solish, qiziqishlarini o‘rganish, tahlil qilish orqali muammolarini hal qilishdan iboratdir. Toshkent davlat transport universitetida “2-Xalqaro transport va mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rahbari ham ishtirok etib, Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda yoshlardagi takliflar o‘rganilib, sohaga malakali kadr sifatida qadam qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bu kabi uchrashuvlar Farg‘ona viloyatidagi oliy ta'lim dargohlarida ham muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Yosh tadqiqotchi olimlar bilan hamkorlik aloqalari ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ma'lumot uchun qayd etish joizki, bugungi kunda Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va uning tizimidagi muassasalarda 30 yoshgacha bo‘lgan 250 nafardan ziyod yoshlar faoliyat olib bormoqda. Boshqarma rahbari ishtirokidagi “Rahbar va yosh xodimlar” uchrashuvlarida xorijiy tillarni puxta egallash, o‘z sohasining yetuk mutaxasssi bo‘lishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilinib, yosh yo‘lsozlarning bu boradagi takliflari o‘rganilmoqda.