Shrift hajmi
Tizim rangi

Onalarga_ehtirom” festivali

Homidova Zumradxon Tolipjonovna. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasining fuqarolar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi. Ma’lumoti oliy: inejener-iqtisodchi. Ko‘p yillardan buyon tizimda samarali mehnat qilib kelayotgan, jamoada o‘z o‘rniga ega xodimlardan biri. Ikki farzandning onasi va ikki nabiraning sevimli buvisi bo‘lgan Zumrad opa ham tizimda faoliyat olib borayotgan ko‘plab ayollar qatori Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” fetivalida Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi rahbari Izzatullaev Abdulboqi Rashitovich boshchiligida qutlandi.
Tizim korxonalarida bugun faoliyat olib borayotgan mehnatkash onalarga quvonch ulashgan, supurgi tutgan qadoq qo‘llarga guldasta ushlatgan, e’tibor va g‘amxo‘rlikka sababchi bo‘lgan “Onalarga ehtirom ” festivali Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida davom etmoqda.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.