Shrift hajmi
Tizim rangi

Huquqiy_targ‘ibot

Toshloq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tashabbusi bilan Toshloq tumani “Hotinqumi” MFY raisi va mahalla faollari bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarni keng jamoatchilikka yanada  kengroq yetkazish maqsadida Toshloq tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi tomonidan  tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga  “Hotinqumi” MFY raisi Oybek Rustamov taklifiga binoan korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolarda huquqiy savodxonlikni oshirish borasida kelgusida ham  bu kabi uchrashuvlar o‘tkazilishiga kelishib olindi. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.