Shrift hajmi
Tizim rangi

JARAYON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi qarorining hududlardagi ijrosini o‘rganish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ulardagi inshootlarning texnik foydalanish holatini baholash, tahlil qilish maqsadida bahorgi mavsumiy texnik ko‘rik o‘tkazilmoqda. Uning natijalaridan kelib chiqib, joriy va kelgusi yillarda tiklash hamda ta’mirlash ishlarining manzilli ro‘yxatlari shakllantiriladi. Bu bo‘yicha viloyat komissiyasi tasdiqlangan bo‘lib, bahorgi mavsumiy ko‘rik davomida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ulardagi inshootlarning texnik holati tahlil qilinmoqda, Farg‘ona viloyatida ko‘rik jarayonlari bugun yakuniy bosqichda amalga oshirilmoqda.