Shrift hajmi
Tizim rangi

  TUPROQ YO‘LLAR SHAG‘ALLASHTIRILMOQDA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-330-sonli  qarorlariga asosan Farg‘ona viloyati hududidagi ichki xo‘jalik yo‘llarida shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
2024-yil davomida Farg‘ona viloyatida jami 1 856,9 km yo‘llarni shag‘allashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 526,0 km yo‘llar shag‘allashtirilishiga erishildi. Tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish uchun joriy yil davomida  371,4 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan.

Bugungi kunga qadar shag‘allashtirish ishlari bajarilgan hududlar:

⚫️Beshariq tumanida— 87,4 km
⚫️Buvayda tumanida— 94,1 km
⚫️Bag‘dod tumanida— 60,4 km
⚫️ Dang‘ara tumanida— 69,1 km
⚫️Qo‘shtepa tumanida— 79,4 km
⚫️Farg‘ona tumani— 58,5 km va  h.k

➡️ Ishlar davom etmoqda.