Shrift hajmi
Tizim rangi

TANQID_TAHLIL_YECHIM

Ijtimoiy tarmoqlarning birida (https://t.me/JAMOAT_NAZORATI) “Toshloq tumanidagi Zarkent «Ko‘prik»gi qachon ishga topshiriladi” mazmunida video murojaat e’lon qilingan edi. Murojaat yuzasidan Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat ham berilgan.  (https://t.me/faravtoyul1)
Obyektning umumiy qiymati: 4,726 mlrd so‘m bo‘lib,
Shundan:  2023-yilda  3.037 mlrd so‘m,
2024-yilda  1,656 mlrd so’mlik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ko‘prikni mukammal ta’mirlash ishlarini yakunlash ya’ni, topshirish muddati joriy yilning iyun oyigacha etib ko’rsatilgan.   Ayni kunlarda obyektda asfalt-beton qoplamasini qurish ishlari bajarildi.
✅ Ko’prikda avtotranport vositalari harakati yo’lga qo’yildi. Saqlov va to‘g‘ri foydalanish talablariga rioya qilinib, ekspluatatsiya ishlari bajarib turilsa, ushbu ko‘prik kelgusida yana 50 yil davomida aholining uzog‘ini yaqin qilishga xizmat qiladi.