E’tibor va xulosa.
Avtomobil yo‘llarining saqlovini amalga oshirib, yo‘l yoqalarini obodligini ta’minlovchi bu insonlar mehnatiga agar har bir yo‘lovchi va haydovchi shu bolakaydek e’tibor bilan nazar solganida edi, yo‘l chetlariga aslo chiqindilar tashlanmas va bekatlarda pista po‘choqlari qoldirilmas edi.
Ushbu surat Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani Yo‘llardan foydalanish Davlat muassasasi ishchi-xizmatchilarining mahalliy ahamiyatga ega 4K883 avtomobil yo‘li yoqalarini tozalash jarayonida olingan tasodifiy fotolavha.
Bir kunda Farg‘ona viloyati miqyosida 1187 nafar ishchi-xodimlar tomonidan, viloyat miqyosida 4022 km umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarida bu kabi tozalash va saqlov ishlari amalga oshiriladi.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.