Shrift hajmi
Tizim rangi

JARAYON

Farg‘ona viloyati Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tasarrufidagi A-376 «Qo‘qon-Jizzax» avtomobil yo‘lining «Andarxon» chegara bojxona posti joylashgan hududda, ya’ni avtomobil yo‘lining 45-kilometrida qoplamani ta’mirlash, yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizish ishlari amalga oshirildi. Yo‘lning 200 metr qismiga asfalt yotqizildi. 8 ta yangi yo‘l belgilari va 5 ta yoritish tizimi ustunlari o‘rnatildi. Yo‘lning 150 metr qismida yo‘l chiziqlari chizildi.
➡️Shuningdek, 4R-147 «Marg‘ilon sh.—Rishton sh.—O‘qchi q.—Karimdevona q.—Konibodom q.» avtomobil yo‘lining «Rovot» posti joylashgan hududidagi 100-kilometrida ham 6 ta yo‘l belgilari almashtirilib, yo‘l chiziqlari chizildi.
➡️Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi mavjud yo‘llar ravonligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.