Shrift hajmi
Tizim rangi

BUNYODKORLIKDA BIZNING HISSAMIZ

Farg‘ona shahrida bunyod etilayotgan ekoshahar hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi. Ushbu hududda keng miqyosli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi davlat muassasalarining ishchi-xodimlari ushbu jarayonlarda faollik ko‘rsatmoqdalar. Joriy yilning shu kuniga qadar ushbu hududda 3,5 km ostki qatlam asfalt-beton qoplamasi yotqizildi. 7,5 km piyodalar yo‘laklari va 7,5 km velosiped yo‘lkalari qurildi. Qurilish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, hududda yashil maskanlar yaratish maqsadida bugungi kunga qadar 4000 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi va jarayonlar davom etmoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun bir kunda 320 nafarga yaqin ishchi-xodimlar jalb etilmoqda.