Shrift hajmi
Tizim rangi

“Zig‘ir” mahalla fuqarolar yig‘inida 3 kilometr masofadagi yo‘llar asfaltlanmoqda

Uchko‘prik tumanida qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Prezidentimizning 2022-yil 25-oktabrda qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Zig‘ir” mahalla fuqarolar yig‘inida yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida bosqichma-bosqich asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda mahalla hududida 3 ming metr masofadagi ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati