Shrift hajmi
Tizim rangi

Respublika ishchi guruhi: Navbatdagi manzil Dutir qishlog‘i

Respublika ishchi guruhi viloyatning barcha tuman va shaharlarida “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish, dolzarb va yechimini kutayotgan muammolarni xonadonbay, mahallabay hal etish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.

Jumladan, Rishton tumani «Dutir” mahalla fuqarolar yig‘inida ham ichki yo‘llar bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish va bu orqali aholiga qulaylik yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan Dutirning 2 kilometrlik tuproqli yo‘llarini shag‘allashtirish ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlarga Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining 30 ga yaqin maxsus texnikalari va ishchi xodimlari jalb etildi.

Farg‘ona viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati